Jahon

Tramp ma’muriyati 175 mingdan ortiq AQSH vizasini bekor qildi

AQSH Davlat departamenti vizalar asosan jinoiy faoliyat, viza qoidalarini buzish, firibgarlik va milliy xavfsizlikka tahdidlar bilan bog‘liq holatlar sabab bekor qilinganini bildirdi.

Tramp ma’muriyati 175 mingdan ortiq AQSH vizasini bekor qildi



AQSH Davlat departamenti Donald Tramp prezidentligining ikkinchi muddati davomida xorijiy fuqarolarga berilgan 175 mingdan ortiq vizani bekor qilganini ma’lum qildi. Departament bu qarorlar vizalardan foydalanish shartlariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan doimiy tekshiruvlar natijasi ekanini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.



Departament ma’lumotlariga ko‘ra, bekor qilingan vizalarning katta qismi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bog‘liq holatlar, jumladan, jinoyat sodir etish, shuningdek viza talablarini buzish va firibgarlik bilan bog‘liq. Hujjatda zo‘ravonlikka chaqiriqlar hamda milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlar ham sabablar qatorida keltirilgan.



Vizalar bekor qilinishiga olib kelgan jinoyatlar orasida tajovuz, mast holda avtomobil boshqarish, o‘g‘rilik va giyohvand moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar ham qayd etilgan. Departament ayrim aniq holatlarni ham keltirgan, jumladan, og‘ir zo‘rlash va jinsiy tajovuzda ayblangan, odam o‘g‘irlash va odam savdosida gumon qilingan hamda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik materiallarini saqlashda ayblangan shaxslarning vizalari bekor qilingan.



Shuningdek, Shimoliy Afrikadagi AQSH elchixonalaridan biri 100 dan ortiq vizani AQSHga asosan farzandini u yerda dunyoga keltirish va unga AQSH fuqaroligini olish maqsadida borgan deb gumon qilingan ota-onalardan bekor qilgan.



Davlat departamenti ayrim vizalar xorijiy fuqarolarning Charli Kirkning o‘ldirilishini olqishlagani bilan bog‘liq bayonotlari sabab ham bekor qilinganini ma’lum qildi. Departament bunday shaxslarni aniqlash va tekshirish davom ettirilishini bildirdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.