O'zbekiston

Yangiyo‘lda kredit qarzi sabab uy xatlanib, auksionda sotildi

Turarjoy 250 mln so‘mga baholangan xolda elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarilib, 230 mln so‘mga sotilgan

Yangiyo‘lda kredit qarzi sabab uy xatlanib, auksionda sotildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor T.Sh.dan undiruvchi “Davrbank” XATB foydasiga jami 281 177 208 so‘m kredit qarzdorlikni undirish va undiruvni garov mulki hisoblangan T.Sh.ga tegishli Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, “Ko‘kalamzor” mahallasi Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan 5 qavatli binoning 4-qavatida joylashgan xonali uyning umumiy foydalanish maydoni 47.8 kv.metr, yashash maydoni 29.76 kv.metr bo‘lgan turar joy binoga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

 

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, kredit qarzdorligini undirish maqsadida ijro varaqasida ko‘rsatilgan qarzdor T.Sh.ga tegishli bo‘lgan garov mulki xatlanib, qarzdorlikni to‘lamagan taqdirda undiruv ushbu garov mulkiga qaratilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

 

Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan kredit qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shoʻbasi inspektorining qaroriga asosan ushbu garov mulki garov shartnomasida ko‘rsatilgan 250.000.000 so‘mga baholangan xolda elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarilib, 230.000.000 so‘mga sotilgan va sotuvdan tushgan pul mablag‘i undiruvchi foydasiga o‘tkazib berilishi taʼminlangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.