O'zbekiston

Bilim, hamjihatlik va 5 ming qadam: ekologiya qurultoyining ikkinchi kuni qanday o‘tdi?

Qashqadaryoda xalqaro ekologiya qurultoyi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Bilim, hamjihatlik va 5 ming qadam: ekologiya qurultoyining ikkinchi kuni qanday o‘tdi?

 

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar oromgohida “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyining ikkinchi kuni ham mazmunli va qiziqarli tadbirlarga boy o‘tdi.

 

     

Kun avvalida xorijiy hamda mahalliy ishtirokchilar uchun ekologiya yo‘nalishida o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar tashkil etildi. Unda yoshlar atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarning oldini olish hamda ularning zamonaviy yechimlari bo‘yicha turli ma’lumot va tavsiyalarga ega bo‘ldi. Mashg‘ulotlarda xorijiy ishtirokchilar bilan tajriba almashish uchun ham imkoniyat yaratildi.

 

     

 

   



Tushlikdan so‘ng esa qurultoy ishtirokchilari uchun o‘ziga xos ko‘rgazma tashkil etildi. Unda O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan yoshlar o‘z viloyatlarining tabiiy, madaniy va ekologik jihatdan o‘ziga xos tomonlarini namoyish etdi. Har bir hudud o‘ziga xos yondashuv asosida ko‘rgazma tashkil etib, tashrif buyuruvchilarga viloyatining qadriyatlari va an’analarini tanishtirdi.

 

   



Ko‘rgazmadan so‘ng yoshlar ishtirokida 5 ming qadam yurish aksiyasi tashkil etildi. Ekologik targ‘ibot va sog‘lom turmush tarzini uyg‘unlashtirgan ushbu tashabbusda qurultoy ishtirokchilari birgalikda yurib, atrof-muhitga e’tibor va ekologik madaniyatni targ‘ib qildi.

 

   



Kun yakunida esa “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda taniqli san’atkorlar va shou-biznes vakillari ishtirok etib, yoshlar uchun konsert dasturini namoyish etdi.

 

   

 

   



Shu tariqa, qurultoyning ikkinchi kuni ishtirokchilar uchun nafaqat yangi bilim va tajriba, balki turli hududlar bilan yaqindan tanishish, xalqaro do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash imkonini berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.