Jahon

Iyul AQSh tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi

Rekord darajadagi issiq 185 milliondan ortiq kishiga ta’sir ko‘rsatgan.

Iyul AQSh tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi

Iyul oyi AQSh kontinental qismida 1895-yildan, ya’ni meteorologik kuzatuvlar muntazam qayd etila boshlanganidan buyon eng issiq oy sifatida qayd etildi. Bu haqda CBS News Milliy okean va atmosfera boshqarmasi (NOAA) ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyida mamlakat bo‘yicha o‘rtacha harorat 76,9°F (24,9°C) ni tashkil etgan. Bu 1936 va 2012-yillarda qayd etilgan avvalgi iyul rekordidan 0,1–0,2 darajaga yuqori.

 

Ayniqsa, Aydaho, Yuta, Vayoming va Montana shtatlarida yuqori haroratlar kuzatilib, ayrim hududlarda tarixiy rekordlar yangilangan.

 

Iyul oyida nafaqat kunduzgi, balki tungi harorat ham yuqori bo‘lgan. O‘rtacha tungi harorat 64,2°F (17,9°C) ga yetib, 2022-yilda qayd etilgan avvalgi rekorddan 0,7 darajaga yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

 

Oy boshida boshlangan kuchli issiqlik to‘lqini 185 milliondan ortiq kishiga ta’sir ko‘rsatgan. Yuqori haroratlar sabab ko‘plab ommaviy tadbirlar bekor qilingan yoki boshqa muddatga qoldirilgan.

 

Shu bilan birga, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori kuzatuvlar tarixidagi uchinchi eng past ko‘rsatkich bo‘lgan. Ayrim hududlarda esa haddan tashqari issiqlik kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari bilan birga kuzatilgan. Texas Hill Country va Nyu-York shtatining sharqiy hududlari tabiiy ofatlardan ayniqsa jiddiy zarar ko‘rgan.

 

NOAA ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida rekord darajadagi issiq, kuchli yog‘ingarchilik va vayronkor bo‘ronlar bir vaqtning o‘zida kuzatilgan. Mintaqaning katta qismini qamrab olgan “issiqlik gumbazi” esa yuqori harorat va namlikning xavfli uyg‘unligini yuzaga keltirgan.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.