O'zbekiston

Jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 6 nafar IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etiladi

Yana 7 nafar rahbarga intizomiy jazo qo‘llanadi.

Jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 6 nafar IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etiladi

 

Ichki ishlar vazirligida 11-avgust kuni mamlakatdagi kriminogen vaziyat, jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish samaradorligiga bag‘ishlangan navbatdagi hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Yig‘ilishda 2026-yilning birinchi yarmida ayrim hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

 

Hay’at qaroriga ko‘ra, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 6 nafar shahar va tuman IIB boshlig‘ini, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi 2 nafar o‘rinbosarni hamda 2 nafar viloyat IIB mas’ul rahbarini lavozimidan ozod etish belgilandi.

 

Shuningdek, 7 nafar rahbarga nisbatan qat’iy intizomiy jazo chorasi qo‘llash, yana 3 nafar rahbarning lavozimida qolishi yoki qolmasligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

 

Shu bilan birga, jinoyatlarning oldini olish va ularni aniqlashda yuqori natijalarga erishgan hududlar ham qayd etildi. Reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyati birinchi, Samarqand viloyati ikkinchi, Farg‘ona viloyati uchinchi o‘rinni egalladi.

 

Bundan tashqari, Karmana, Jarqo‘rg‘on, Quva, Yunusobod, Namangan, Jondor, Piskent va Yangiobod tumanlari IIB rahbarlarini belgilangan tartibda rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 6 nafar IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etiladi | Zamon.uz