Jahon

Kolumbiyadagi zilzila qurbonlari soni 250 kishidan oshdi

Mamlakatda milliy falokat holati e’lon qilinib, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Kolumbiyadagi zilzila qurbonlari soni 250 kishidan oshdi

Kolumbiyaning g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 250 kishidan oshdi. Bu haqda Reuters mamlakat hukumati ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

10-avgust kuni ertalab Kolumbiyada 7,4 magnitudali zilzila qayd etilgan edi. Zilzila epitsentri mamlakat g‘arbidagi San-Xose-del-Palmar shahri yaqinida joylashgan.

 

Tabiiy ofat Kolumbiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida kuchli sezilgan. Shuningdek, yer silkinishlari qo‘shni Ekvador, Panama va Venesuelada ham qayd etilgan.

 

Eng jiddiy oqibatlar Pereira hududida kuzatilgani ma’lum qilinmoqda. Bu yerda 66 kishi halok bo‘lgan, 72 kishi jarohatlangan. Ayrim hududlarda fuqarolar bedarak yo‘qolgani haqida ham xabarlar mavjud.

 

Zilzila oqibatida ko‘plab turar joylar, ijtimoiy obyektlar va transport infratuzilmasiga zarar yetgan. Mamlakatda milliy falokat holati e’lon qilingan.

 

Ayni paytda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Qurbonlar va jarohatlanganlar soni bo‘yicha ma’lumotlar tegishli idoralar tomonidan aniqlashtirilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kolumbiyadagi zilzila qurbonlari soni 250 kishidan oshdi | Zamon.uz