Jahon

Livan o‘lim jazosini bekor qildi

Shu tariqa mamlakat arab dunyosida o‘lim jazosini rasman bekor qilgan birinchi davlatga aylandi.

Livan o‘lim jazosini bekor qildi

Livan parlamenti o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Shu tariqa Livan arab davlatlari orasida o‘lim jazosini rasman bekor qilgan birinchi mamlakatga aylandi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

 

Qonunga ko‘ra, o‘lim jazosi o‘rniga og‘ir mehnat bilan birga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadi.

 

Ovoz berishda 128 deputatdan iborat parlament a’zolarining aksariyati qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan. Hizbullohning parlamentdagi bloki esa hujjatga qarshi ovoz bergan.

 

Qonun loyihasi dastlab 2025-yil oktabr oyida parlamentga kiritilgan bo‘lib, turli siyosiy bloklardan yetti nafar deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Hujjat parlament muhokamalari davomida o‘zgartirishlar kiritilgach, yakuniy shaklda ma’qullangan.

 

Livanda 2004-yildan buyon qatl etishga norasmiy moratoriy amal qilib kelgan. Biroq o‘lim jazosi qonunchilikda saqlanib qolgan va sudlar tomonidan bunday hukmlar chiqarilishi davom etgan.

 

Livanning Adliya vaziri Adel Nassar parlament qarorini mamlakat uchun “tarixiy qadam” deb baholagan.

 

Shu bilan birga, ayrim deputatlar o‘lim jazosi o‘rniga joriy etiladigan umrbod qamoq jazosining ayrim amaliy jihatlari hali aniqlashtirilishi lozimligini bildirgan.

 

O‘lim jazosini bekor qilish haqidagi ovoz berish parlamentda bahsli amnistiya qonuni muhokama qilinayotgan bir paytda o‘tkazilgan. Mazkur qonun ayrim mahkumlarning jazolarini yengillashtirish yoki ozod etish imkoniyatini nazarda tutadi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Livan o‘lim jazosini bekor qildi | Zamon.uz