O'zbekiston

“Odam tashiyapsanmi? Pulini olyapsanmi?” —Surxondaryo hokimi transportdagi muammolarni tanqid qildi

Ulug‘bek Qosimov chiptalar savdosini shaffoflashtirish, poyezdlardagi sharoitlarni yaxshilash va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga bir hafta muddat berdi.

“Odam tashiyapsanmi? Pulini olyapsanmi?” —Surxondaryo hokimi transportdagi muammolarni tanqid qildi

 

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat aholisiga transport xizmatlarini ko‘rsatishdagi muammolarni tanqid qilib, temir yo‘l, aviaqatnov va shaharlararo transport tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

 

Hokim, xususan, Surxondaryoni Toshkent bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘llari, temir yo‘l qatnovlari va vagonlardagi sharoitlar bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratdi.

 

Uning ta’kidlashicha, ayrim poyezdlarda sovutish tizimlari va boshqa zarur sharoitlar yetarli emas. Shuningdek, chiptalar taqchilligi hamda vokzallardagi xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha aholining e’tirozlari mavjud.

 

“Vagonga mingan odam Toshkentga borguncha kasal bo‘lib qolyapti. Na sovutish tizimi ishlaydi, na sharoit bor. Na bilet bor, na vokzalda sharoit bor”, — dedi Ulug‘bek Qosimov.

 

Hokim aviaqatnovlar narxining oshgani va chiptalarni xarid qilishdagi qiyinchiliklarni ham tanqid qildi. U aviachiptalar narxini tahlil qilish, ularning sotilish jarayonini shaffoflashtirish va aholiga qulaylik yaratish zarurligini ta’kidladi.

 

Shuningdek, Sariosiyo yo‘nalishidagi shahar atrofi poyezdlari va Toshkentga qatnovchi poyezdlarni qisqa muddatda to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish, yo‘lovchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish va xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Hokim vokzal va aeroportlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sharoitlarini, jumladan, sanitariya holati, kutish zallari va boshqa infratuzilma obyektlarini ham tanqidiy o‘rganish lozimligini qayd etdi.

 

Shuningdek, chiptalar savdosida shaffoflikni ta’minlash, onlayn sotuvlarni takomillashtirish va tanish-bilishchilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlandi.

 

Ulug‘bek Qosimov mas’ullarga bir hafta muddatda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. U kelasi hafta vokzalga borib, Toshkent yo‘nalishidagi poyezdlar va Sariosiyo yo‘nalishidagi shahar atrofi poyezdlaridagi sharoitlarni shaxsan ko‘zdan kechirishini ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.