O'zbekiston

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda

Nashrga XIII–XVIII asrlarga oid 185 ta noyob miniatyura va 20 dan ortiq yangi tarixiy shaxs tasvirlari kiritildi.

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda

 

O‘zbekistonning boy qo‘lyozma merosini asrash, o‘rganish va xalqaro jamoatchilikka keng targ‘ib etishga qaratilgan navbatdagi yirik ilmiy-madaniy loyiha amalga oshirilmoqda.

 

Ayni paytda “O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangilangan va to‘ldirilgan nashrini chop etish ishlari Istanbul shahridagi “Mega Basım” nashriyotida boshlandi. Nashr O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov ishtirokida tayyorlanmoqda.

 

Besh yillik ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan kitob-albom XIII–XVIII asrlarga oid noyob Sharq miniatyuralarini jamlagan. Unda Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Husayn Boyqaro, Ibn Sino kabi buyuk ajdodlarimiz, shuningdek, boshqa tarixiy shaxslarning qo‘lyozmalarda aks etgan qiyofalari o‘rin olgan.

 

Loyiha doirasida 45 dan ortiq mamlakatdagi 200 dan ziyod muzey, kutubxona va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatilib, 50 dan ortiq ilmiy safar amalga oshirilgan. Natijada XIII–XVIII asrlarga oid 185 ta miniatyura aniqlanib, ilmiy jihatdan o‘rganilgan.

 

Tadqiqotlar davomida Vashingtondagi Frir galereyasi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi, Britaniya kutubxonasi, Fransiya Milliy kutubxonasi, Kembrij universiteti kutubxonasi, To‘pqopi saroyi kutubxonasi kabi nufuzli muassasalarda saqlanayotgan manbalar ham o‘rganildi.

 

Yangi nashr avvalgi kitob-albom asosida qayta ko‘rib chiqilib, ekspertlarning takliflari hamda yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitildi. Shuningdek, xorijiy muzey va kutubxonalarda saqlanayotgan 20 dan ortiq yangi tarixiy shaxslar tasviri nashrga kiritildi.

 

Kitob-albom o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanmoqda. Nashr O‘zbekistonning qo‘lyozma merosi va Sharq miniatyura san’atining noyob namunalarini xalqaro ilmiy va madaniy jamoatchilikka kengroq taqdim etishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda | Zamon.uz