O'zbekiston

O‘zbekistonga 7,7 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

Joriy yilning dastlabki yetti oyida turistik xizmatlar eksporti 56 foizga oshib, 3,895 milliard dollarga yetgan.

O‘zbekistonga 7,7 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

 

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 7 749 307 nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,6 foizga ko‘p. Bu haqda Turizm qo'mitasi xabar berdi.

 

Turizm sohasidagi o‘sish xalqaro aviaqatnovlar kengayishi va infratuzilmaning rivojlanishi bilan hamohang davom etmoqda. 2026-yilning yanvar–iyun oylarida mamlakat aeroportlari 8,15 million nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 foizga yuqori. Shu davrda 64 831 ta reys amalga oshirilgan bo‘lib, ularning 47 371 tasi xalqaro qatnovlarni tashkil etdi.

 

Xalqaro reyslardan foydalangan yo‘lovchilar soni 6,7 million nafarga yetib, yillik hisobda 15,4 foizga oshgan. Aeroportlarda qayta ishlangan yuk va pochta hajmi ham 33 foizga ko‘payib, 51,5 ming tonnani tashkil etdi.

 

Xalqaro aviaqatnovlar geografiyasi ham kengaymoqda. 2026-yilda Toshkentga Shanxay, Seul va Yerevan shaharlaridan yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi. Hududiy aeroportlarda ham yo‘lovchi oqimi oshgan: Termizda 52 foiz, Urganchda 24 foiz, Nukusda 23 foiz o‘sish qayd etildi.

 

Sayyohlar oqimining ortishi joylashtirish infratuzilmasining kengayishiga ham turtki bermoqda. Yanvar–iyul oylarida mamlakatda 705 ta yangi joylashtirish vositasi tashkil etilib, ularda jami 22 296 ta o‘rin yaratildi. Natijada joylashtirish vositalarining umumiy soni 7 440 taga, o‘rinlar soni esa 202,6 ming taga yetdi.

 

Turizm sohasining iqtisodiy samaradorligi ham ortmoqda. Yilning dastlabki yetti oyida turistik xizmatlar eksporti 3 895,7 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 56 foizga ko‘p.

 

Xalqaro qatnovlar tarmog‘ining kengayishiga misol sifatida “Etihad Airways” aviakompaniyasining Abu-Dabi va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishini keltirish mumkin. Ilk reys 10-avgust kuni amalga oshirildi.

 

Umuman, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida turizm sohasining asosiy ko‘rsatkichlarida ijobiy dinamika kuzatildi:

  • xorijiy sayyohlar oqimi — 22,6 foizga oshdi;

  • turistik xizmatlar eksporti — 56 foizga oshdi;

  • aeroportlardagi yo‘lovchi oqimi — 16 foizga oshdi.

 

Mazkur ko‘rsatkichlar O‘zbekistonda turizmning iqtisodiy ahamiyati ortib borayotganini va sohani rivojlantirish uchun salohiyat yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.