Jahon

Ronaldu va Jorjina turmush qurdi

Ronaldu 2025-yil avgust oyida Jorjinaga turmush qurishni taklif qilgan edi.

Ronaldu va Jorjina turmush qurdi

 

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu va model Jorjina Rodriges turmush qurdi. Bu haqda juftlik o‘zining Instagram sahifalarida nikoh uzuklari aks etgan suratni e’lon qilib ma’lum qildi.

 

Juftlik 2016-yildan buyon munosabatda bo‘lib kelgan. Ronaldu 2025-yil avgust oyida Jorjinaga turmush qurishni taklif qilgan edi.

 

Ronaldu va Rodriges besh nafar farzandni tarbiyalamoqda. Ularning Alana Martina va Bella Esmeralda ismli ikki qizi bor. Shuningdek, futbolchining surrogat onalar orqali tug‘ilgan Krishtianu Ronaldu Jr., Mateo va Eva ismli farzandlari ham bor.

 

41 yoshli Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida besh marotaba “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan. U besh karra Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni va Millatlar ligasi g‘olibi hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va “Yuventus” klublari safida to‘p tepgan. 2022-yil dekabridan buyon Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” klubida faoliyat yuritmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.