O'zbekiston

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Toshkent xalqaro aeroportida Bangkokdan uchib kelgan ikki yo‘lovchining bagajidan 6,8 kg mefedron sintetik giyohvandlik moddasi aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

 

4-avgust kuni “Toshkent-Aero” IBK Kontrabandaga qarshi kurashish sho‘basi hamda “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchilar bojxona nazoratidan “yashil” yo‘lak orqali o‘tgan. Ularning bagajlari tekshirilganda bir-biriga o‘xshash ikki shishada vino hamda ikkita plastik quti aniqlangan. Ularda jami 6,8 kg og‘irlikdagi “Mefedron” sintetik giyohvandlik moddasi yashirilgani ma’lum bo‘lgan.

 

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil boshidan buyon huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda aniqlangan 471 ta holatda jami qariyb 1 tonna 800 kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy olib o‘tilishi va mamlakat ichidagi yashirin aylanishiga chek qo‘yilgan.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"