O'zbekiston

“Toshkentda qurilish katta korrupsiya va xavfga aylandi” - Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi quruvchilarning katta foyda ko’rish uchun qonunlarni chetlab o’tayotgani va odamlar hayoti xavfga qo’yilayotganini keskin tanqid qildi.

“Toshkentda qurilish katta korrupsiya va xavfga aylandi” - Alisher Qodirov

Qonunchilik palatasi yig‘ilishida shaharsozlik sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash va noqonuniy qurilishlarning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.

 

Muhokama davomida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi, deputat Alisher Qodirov qonun loyihasiga munosabat bildirar ekan, noqonuniy qurilishlar masalasida keskin fikrlarni ilgari surdi deb xabar berdi Zamon muxbiri Dilfuza Esanova.

 

Uning ta’kidlashicha, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ortiqcha jarimalarga ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur. Biroq, noqonuniy qurilishlar, jumladan, ruxsat etilgan qavatlar sonidan ortiq bino qurish holatlari aholi xavfsizligi uchun jiddiy tahdidga aylangan.

 

“Uch etajga ruxsat olib, lekin o‘n ikki etaj qilib qurish kabi masalalar bugun juda katta xavfga aylanibdi”, — dedi Alisher Qodirov.

 

Deputat sohada katta moliyaviy manfaatlar mavjudligi korrupsiyaga oid xavflarni ham kuchaytirayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, ayrim qurilish obyektlaridan olinadigan daromad juda katta bo‘lgani sababli amaldagi qonunchilikni chetlab o‘tishga urinishlar yuzaga kelmoqda.

 

“Juda katta mablag‘lar aylanyapti. Va bu mablag‘larning hammasi katta daromad uchun qilinayotgan... Bu masala korrupsiyalashib ketibdi. Va bu narsa bizni xavfga solyapti”, — dedi u.

 

Alisher Qodirov noqonuniy qurilishlarning oqibatlari faqat iqtisodiy yoki huquqiy masala emas, balki bevosita insonlar hayoti va xavfsizligiga taalluqli ekanini ta’kidladi.

 

U o‘z fikrini Kolumbiyada yaqinda yuz bergan zilzila, shuningdek, Turkiyada bir necha yil avval sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatlari bilan bog‘ladi.

“Mana, yaqinda Kolumbiyada, bir necha yil avval Turkiyada bo‘lgan yer qimirlashi... Ichida odamlar yashaydigan katta-katta binolar qumdek to‘kilib ketyapti. Buni ‘tadbirkor daromad ko‘rishi kerak ekan’ deb, aholini bunaqangi katta xavfga solishimiz mumkin emas”, — dedi deputat.

 

Uning ta’kidlashicha, qurilish normalarini chetlab o‘tish orqali qo‘shimcha daromad olishga intilish kelajakda insonlar hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.

“Agar bitta quruvchi mavjud qonunlarning ustidan sakrab o‘tib keta olsa, daromad uchun aholimizni katta xavfga qo‘yadigan bo‘lsa, shaharning xohlagan joyida, xohlagan qurilishini xohlagandek qilib qurib, davlat bilan fuqaro orasidagi ijtimoiy munosabatlarni buzishga olib kelayotgan bo‘lsa, kim huquq bergan quruvchilarga bunaqa bemalol tutishga O‘zbekistonda?”

 

Deputatning fikricha, yangi qonunning asosiy vazifalaridan biri quruvchini noqonuniy qurilishdan iqtisodiy manfaat ko‘rmaydigan holatga keltirish bo‘lishi kerak.

“Puli bilan masalani hal qilmoqchi bo‘lgan quruvchi avvaldan bilsin: bu ish zararga olib keladi uni. Kimlargadir pul berib yoki qayerdadir qaysidir masalalarni aylanib o‘tirib hal qilib keta olmaydi endi”, — dedi Qodirov.

 

U noqonuniy qurilish uchun belgilangan jarima va boshqa javobgarlik choralari qurilish boshlanishidan oldin tadbirkorni iqtisodiy hisob-kitob qilishga majbur qilishi kerakligini bildirdi.

“Bitta noqonuniy qurilish qildimi, kvadrat metriga qilinayotgan jazo uni boshidanoq hisob-kitobini qilib, bu ishni qilishi zararli ekanligiga olib keladi”, — dedi deputat.

 

Alisher Qodirov shaharsozlik sohasini tartibga solish oson emasligini, shu sababli Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasiga katta mas’uliyat yuklatilganini qayd etdi.

 

Shu bilan birga, deputat tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat iqtisodiy rivojiga xizmat qiladigan sharoitlarni yaratish zarurligini ham ta’kidladi. Biroq uning fikricha, qurilish sohasida insonlar xavfsizligi birinchi o‘rinda turishi kerak.

“Har qanday tadbirkorlar, har qanday daromad, mamlakatimizning iqtisodiy daromadlari haqida albatta qayg‘urishimiz kerak va qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Lekin birinchi masalamiz xalqimizning xavfsizligi va xalqimizning turmush sharoitini ko‘tarish, ularni mana shu, aynan shunaqa tabiiy muammolardan, asosiysi, asrash haqida bo‘lishi kerak”, — dedi u.

 

Qodirov qonun loyihasi konsepsiyasiga e’tirozi yo‘qligini bildirib, ikkinchi o‘qishda hujjatni batafsil muhokama qilish mumkinligini ta’kidladi.

“Mamlakatimizda aholimizning hayotini xavf ostiga qo‘yadigan har qanday tadbirkor bu mamlakatda daromad olmoq tugul, yashash haqida ham xavfga tushib qolishi kerak. Mamlakatimiz mana shunaqa xavfsiz mamlakat bo‘lishi kerak”, — deya xulosa qildi deputat.

 

Muhokamalar yakunida qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.