Jahon

YUNESKO Afg‘oniston ta’lim tizimidagi inqiroz chuqurlashishidan ogohlantirdi

Tolibonning ayollar va qizlarning ta’lim olishiga qo‘ygan cheklovlari mamlakatdagi malakali ayol o‘qituvchilar tanqisligini kuchaytirib, ta’lim tizimiga uzoq muddatli zarar yetkazishi mumkin.

YUNESKO Afg‘oniston ta’lim tizimidagi inqiroz chuqurlashishidan ogohlantirdi


 
YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, Tolibon 2021-yilda hokimiyatga qaytganidan beri 2,4 millionga yaqin afg‘on qizi o‘rta ta’limdan chetlashtirilgan. Afg‘oniston hozirda qizlar va ayollarning o‘rta hamda oliy ta’lim olishini rasman taqiqlagan dunyodagi yagona davlat bo‘lib qolmoqda.


 
Qizlarning ta’lim olishiga qo‘yilgan cheklovlar mamlakatdagi o‘qituvchilar yetishmovchiligini ham kuchaytirmoqda. YUNESKO hisob-kitoblariga ko‘ra, 2030-yilga borib Afg‘onistonda 11 mingdan ortiq malakali ayol o‘qituvchi yetishmasligi mumkin. Bu esa, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.


 
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda 2 milliondan ortiq boshlang‘ich maktab yoshidagi bola qizlar ta’limiga qo‘yilgan taqiqdan boshqa sabablar tufayli ham maktabga bormayapti. Mamlakatdagi ta’lim sifati bilan bog‘liq muammolar yanada kengayib, 10 yoshli bolalarning qariyb 90 foizi oddiy matnni o‘qib tushuna olmaydigan darajaga yetgan.


 
YUNESKO cheklovlarning iqtisodiy oqibatlariga ham e’tibor qaratgan. Tashkilot hisob-kitobiga ko‘ra, ayollarning ta’lim olishi va mehnat bozorida ishtirok etishidagi cheklovlar 2066-yilgacha 600 mingga yaqin ayolning ishchi kuchidan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Natijada mamlakat iqtisodiyoti 9,6 milliard dollar miqdoridagi daromaddan mahrum bo‘lishi ehtimoli bor.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.