Jahon

AQSh va Eron o‘rtasidagi 60 kunlik sulh uzaytiriladi

yakuniy muddat hozircha aniqlashtirilmoqda.

AQSh va Eron o‘rtasidagi 60 kunlik sulh uzaytiriladi

 

AQSh va Eron tomonlari Pokiston vositachiligida tuzilgan kelishuv doirasida amaldagi sulh muddatini uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Turkiyaning Anadolu agentligi Pokiston hukumati manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Manbalarga ko‘ra, har ikki tomon sulhni uzaytirishga vositachilar orqali rozilik bildirgan. Ayni paytda kelishuvning yangi muddati bo‘yicha tomonlar o‘rtasida xabar almashinuvi davom etmoqda.

 

Avvalroq AQSh va Eron o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatish hamda nizoni diplomatik yo‘l bilan hal etish maqsadida 60 kunlik vaqtinchalik sulh bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Mazkur kelishuvning amal qilish muddati 17-avgust kuni yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

 

Biroq sulh davrida ham tomonlar bir-birini kelishuv shartlarini buzishda ayblab kelgan. AQSh Eronni Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyatni keskinlashtirishda ayblagan bo‘lsa, Tehron Vashingtonni harbiy harakatlarni davom ettirishda ayblagan.

 

Ayni paytda sulhni uzaytirish bo‘yicha yakuniy muddat va kelishuvning keyingi shartlari aniqlashtirilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh va Eron o‘rtasidagi 60 kunlik sulh uzaytiriladi | Zamon.uz