O'zbekiston

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

 

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar oromgohida o‘tkazilayotgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi doirasida daraxt ekish va yashil hududlarni ko‘paytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

 

Qurultoyda so‘zga chiqqan ekologiya va atrof-muhit masalalari bo‘yicha mutaxassis Rasul Kusherboyev daraxt ekishni nafaqat ekologik tashabbus, balki jamiyatda an’anaga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Zamon.uz muxbiri xabar berdi.

 

U o‘z tajribasidan misol keltirib, har bir tug‘ilgan kunni daraxt ekish bilan bog‘lash mumkinligini aytdi. Kusherboyevning ta’kidlashicha, inson yoshi ulg‘aygani sari o‘zi ekkan daraxtlar sonini ham ko‘paytirib borishi, ularni parvarish qilishga mas’uliyat bilan yondashishi mumkin.

 

Shuningdek, u farzand tug‘ilishi, tug‘ilgan kun yoki boshqa muhim sanalarni nishonlash jarayonida daraxt ekishni odatga aylantirishni taklif qildi.

 

“Bir inson tug‘ilganda unga atab bitta daraxt ekib, uning yoniga ‘shuning tug‘ilganligi sharafiga ekilgan’ degan yozuv qo‘yilsa. Uzoq umr ko‘radigan daraxt ekilsa, bola 10–20 yoshga yetganda u katta daraxtga aylangan bo‘ladi. Har kimning o‘z daraxti bo‘ladi”, — dedi Rasul Kusherboyev.

 

Uning fikricha, bunday ekologik tashabbuslarni ommalashtirishda madaniyat vakillarining o‘rni alohida. Chunki jamiyatda yangi odat va an’analarning shakllanishida san’atkorlar va boshqa jamoatchilikka ta’siri yuqori bo‘lgan shaxslar muhim rol o'ynaydi.

 

Rasul Kusherboyev madaniyat vakillari daraxt ekishni o‘zlari namuna sifatida boshlab, uni keng targ‘ib qilsa, bu tashabbusni jamiyatda moda va yaxshi an’anaga aylantirish mumkinligini ta'kidladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev | Zamon.uz