Jahon

Italiyada o‘q-dori zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Portlashdan oldin korxona hududida yong‘in chiqqan va voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar hamda politsiya xodimlari yetib borgan, jabrlanganlar yo‘q.

Italiyada o‘q-dori zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi

13-avgust kuni Rim shahrining janubi-sharqida joylashgan Kolleferro shahridagi o‘q-dori zavodida kuchli portlash yuz berdi. Portlashdan oldin korxona hududida yong‘in chiqqan va voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar hamda politsiya xodimlari yetib borgan. Ular yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib borayotgan paytda kuchli portlash sodir bo‘lgan.

 

Voqea KNDS Ammo Italy kompaniyasiga qarashli, avval “Simmel Difesa” nomi bilan faoliyat yuritgan zavod hududida qayd etilgan. Korxona o‘rta va katta kalibrli o‘q-dorilar, shuningdek aerokosmik tizimlar uchun qattiq yonilg‘i ishlab chiqaradi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash zavodning “poroxlarni presslash” bo‘limida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Italiya ommaviy axborot vositalari portlashdan keyin osmonga katta qora tutun ko‘tarilganini xabar qilgan. Kuchli portlash ovozi Kolleferro atrofidagi hududlarda ham eshitilgan.

 

Voqea vaqtida zavod hududida yong‘inni o‘chirish uchun bir nechta yong‘in-qutqaruv ekipajlari va politsiya kuchlari ishlagan. AP ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in yaqin atrofga ham tarqalgan va hududni nazorat qilish uchun vertolyot jalb qilingan.

 

Kolleferro meri Julio Kalamitaning bildirishicha, vaziyat nazorat ostiga olingan. Uning ta’kidlashicha, portlash zavod yopiq bo‘lgan yozgi ta’til davrida sodir bo‘lgan. Merning so‘zlariga ko‘ra, korxona odatdagidek ishlayotganida bu voqea ancha og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin edi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida xabar berilmagan. Mahalliy manbalar zavodda bo‘lgan ishchilarning barchasi xavfsiz joyga chiqqanini ma’lum qilgan. AP ma’lumotiga ko‘ra, zavodda bo‘lgan 24 nafar ishchining barchasi hisobga olingan.

 

Hozircha portlashning aniq sababi ma’lum emas. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va prokuratura voqea sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv boshlagan.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.