O'zbekiston

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

212,9 gramm oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida tezkor tadbir davomida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi, 1987 va 1993-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro tomonidan noqonuniy oltin savdosi amalga oshirilayotgani aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, shaxslar umumiy 212,9 gramm quyma oltinni xaridorga 340 million so‘mga sotishga kelishgan. Ular xaridorga 999 probali 26,3 gramm oltinni topshirib, qolgan qismini keyinchalik yetkazib berishni va’da qilgan.

 

Shuningdek, oltin uchun xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 million so‘mni olgan vaqtida ikki nafar shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Tezkor tadbir davomida ulardan birining yashash xonadonida qumdan oltinni ajratib olishga mo‘ljallangan yashirin sex tashkil etilgani ham aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi | Zamon.uz