O'zbekiston

O‘zbekistonda “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi

Xavfli va sifatsiz nooziq-ovqat mahsulotlarini aniqlash hamda muomaladan chiqarishning yangi mexanizmi joriy etiladi.

O‘zbekistonda “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi

 

Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilinib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.

 

Yangi qonun O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish, nooziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash hamda iste’molchilar huquqlarini yanada samarali himoya qilishga qaratilgan.

 

Qonun Jahon savdo tashkilotining Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risidagi bitimi va xalqaro ilg‘or tajriba talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Xavfga asoslangan bozor nazorati joriy etiladi

Yangi tartib bilan xavflarni baholashga asoslangan bozor nazorati mexanizmi joriy etiladi. Bu orqali bozorda inson hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga yoki boshqa manfaatlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni tezkor aniqlash va muomaladan chiqarish imkoniyati kengaytiriladi.

 

Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyevning ta’kidlashicha, yangi tizim tadbirkorlarni ommaviy nazorat qilish yoki jazolashga emas, balki monitoring va yuqori xavfga ega mahsulotlarni aniqlashga qaratiladi.

 

Texnik talablarga javob bermaydigan mahsulot aniqlangan taqdirda uni muomaladan chiqarish, qaytarib olish yoki undan foydalanishni cheklash kabi choralar qo‘llanadi.

 

Bojxona nazorati ham kuchaytiriladi

Qonunga ko‘ra, bojxona organlari xavflarni boshqarish tizimi natijalariga asosan mahsulotning majburiy talablarga mos kelmasligi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, uning erkin muomalaga chiqarilishini vaqtincha to‘xtatib turishi mumkin.

 

Shuningdek, bozor nazorati organlari, ularning mansabdor shaxslari hamda tadbirkorlik subyektlarining huquq va majburiyatlari, shuningdek, javobgarligi aniq belgilanadi.

 

Nazorat tadbirlarini qonun talablariga zid ravishda amalga oshirgan yoki xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan mansabdor shaxslar ham belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

 

Qonunda bozor nazorati doirasida inson hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash mexanizmlari ham mustahkamlanmoqda.

 

Senator Erkin Gadoyevning qayd etishicha, yangi qonun halol faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni kontrafakt va sifatsiz mahsulotlarni olib kiruvchi insofsiz raqobatchilardan himoya qilish bilan birga, iste’molchilarning xavfsiz mahsulot xarid qilish huquqini kafolatlashga xizmat qiladi.

 

Qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida ham muhim qadam sifatida baholanmoqda. Yangi tizim savdodagi texnik to‘siqlarni kamaytirish va mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi | Zamon.uz