Jahon

Putin ilk bor Kuril orollariga tashrif buyurdi — Yaponiya e’tiroz bildirdi

Yaponiya TIV Iturup va boshqa janubiy Kuril orollarini o‘z hududi deb hisoblashini ta’kidlagan.

Putin ilk bor Kuril orollariga tashrif buyurdi — Yaponiya e’tiroz bildirdi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kuril orollarining Iturup oroliga tashrif buyurdi. Bu Rossiya davlat rahbarining Kuril orollariga ilk tashrifi bo‘ldi. Bu haqda Ria Novosti xabar berdi.

 

Putinning tashrifi ortidan Yaponiya Rossiyaga “qat’iy norozilik” bildirdi. Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi Tokio Kuril orollarining janubiy qismini, jumladan Iturupni, “Shimoliy hududlar” deb atashi va ularni Yaponiya hududi deb hisoblashi haqida bayonot berdi.

 

Yaponiya tomonining ta’kidlashicha, ushbu hududlar tarixiy va huquqiy nuqtai nazardan Yaponiyaga tegishli. Shu sababli Tokio Rossiya prezidentining Iturupga tashrifini qabul qilib bo‘lmaydigan harakat sifatida baholagan.

 

Kuril orollarining janubiy qismi ustidan hududiy da’vo Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi uzoq yillik nizolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ikkinchi jahon urushidan keyin arxipelag Sovet Ittifoqi nazoratiga o‘tgan. Yaponiya esa Iturup, Kunashir, Shikotan va Habomai orollari bo‘yicha o‘z da’vosini saqlab kelmoqda.

 

Moskva esa ushbu hududlar ustidan Rossiyaning suvereniteti xalqaro huquq asosida rasmiylashtirilganini va u shubhasiz ekanini ta’kidlab keladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.