O'zbekiston

Qashqadaryoda 856 nafar talabaning kontrakti to'lab beriladi

Ushbu maqsad uchun jami 3,78 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Qashqadaryoda 856 nafar talabaning kontrakti to'lab beriladi

 

Qashqadaryo viloyatida ehtiyojmand oilalar farzandlarining oliy ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 856 nafar talabaning kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun mablag‘ ajratildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Mazkur tashabbus yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ta’lim olishdagi moliyaviy qiyinchiliklarini kamaytirishga qaratilgan.

 

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov tomonidan ehtiyojmand oilalar farzandlarining oliy ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tegishli qaror qabul qilingan.

 

Unga ko‘ra, viloyatdagi 856 nafar talaba-yoshning kontrakt to‘lovlari uchun jami 3 milliard 780 million 600 ming so‘m ajratilgan.

 

Amaliy yordam, ayniqsa, oilaviy sharoiti sabab kontrakt to‘lovini amalga oshirishda qiyinchilikka duch kelayotgan yoshlarning o‘qishini davom ettirishiga ko‘maklashadi. Shuningdek, tashabbus xotin-qizlarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.