Jahon

Qozog‘istonda 15 million fuqaroning ma’lumotlari darknetda sotilmoqda

Raqamli rivojlanish vazirligi ma’lumotlar sizib chiqishi holatini tekshirmoqda.

Qozog‘istonda 15 million fuqaroning ma’lumotlari darknetda sotilmoqda

 

Qozog‘istonda 15 millionga yaqin fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari darknetda sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mamlakatning Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi ushbu ma’lumotlar sizib chiqishi holatini tekshirayotganini ma’lum qildi.

 

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, shymzz13 taxallusidagi darknet foydalanuvchisi 15 million kishiga oid ma’lumotlar bazasini 0,5 bitkoin, ya’ni taxminan 32 ming dollarga sotishni taklif qilgan. Sotuvchi bazada pasport ma’lumotlari, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, bandlikka oid ma’lumotlar, hujjatlar skanlari va parollar mavjudligini da’vo qilgan.

 

Aytilishicha, ma’lumotlar bazasi 2,7 gigabayt hajmda bo‘lib, unda 47 million qator ma’lumot mavjud.

 

Mazkur holat Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi hamda Kiberhujumlarni tahlil qilish va tekshirish markazi tomonidan o‘rganilmoqda. Raqamli rivojlanish vazirligi ham tegishli idoralar bilan hamkorlikda internetda tarqalgan ma’lumotlar namunalarini texnik jihatdan tekshirayotganini bildirgan.

 

Vazirlik hozircha eGov axborot tizimlariga xakerlik hujumi uyushtirilgani yoki ma’lumotlar bazasi bevosita eGov tizimidan olingani tasdiqlanmaganini ta’kidlagan. Shuningdek, tarqalgan ayrim ma’lumotlar eGov tizimida saqlanadigan ma’lumotlarning tuzilishi va formatiga mos kelmasligi qayd etilgan.

 

Xususan, eGov pasport skanlarini tarqalgan shaklda saqlamasligi va raqamli hujjatlarning boshqa formatda ekanligi ma’lum qilingan. Shu sababli darknetdagi sotuvchining ma’lumotlar bazasi eGov’dan o‘g‘irlangan degan da’vosi hozircha tizim buzilganining isboti sifatida baholanmayapti.

 

Texnik tekshiruv davom etmoqda. Uning yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 2 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar va ayrim kanallarda go‘yoki 15 million O'zbekiston fuqarolariga tegishli maʼlumotlar sizib chiqqanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda 15 million fuqarolar maʼlumotlari to‘g‘risida tarqalgan xabarlar dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra 60 mingga yaqin ekanligi aniqlangani xabar qilingan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.