Jahon

Rossiya Ukrainada 16 mingdan ortiq tinch aholini hibsda ushlab turibdi – BMT

BMT Rossiya tomonidan hibsga olingan ukrainalik fuqarolarning katta qismi qiynoqlar va shafqatsiz muomalaga duch kelayotganini ma’lum qildi.

Rossiya Ukrainada 16 mingdan ortiq tinch aholini hibsda ushlab turibdi – BMT


 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan urush davomida hibsga olingan 16 mingdan ortiq ukrainalik tinch aholi hanuzgacha ozodlikdan mahrum etilgan. BMT ularning ko‘pchiligi qarindoshlari bilan aloqaga chiqish yoki huquqiy himoyadan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilinganini bildirdi.


 
BMTning inson huquqlari bo‘yicha vakillari Rossiya tomonidan hibsda saqlanayotgan ukrainalik fuqarolar va harbiy asirlar bilan bog‘liq holatlarni o‘rgangan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, suhbatlashilgan ukrainalik harbiy asirlarning 95 foizdan ortig‘i, shuningdek, fuqarolik mahbuslarining 85 foizi qiynoqlar yoki boshqa turdagi shafqatsiz muomalaga duch kelganini bildirgan.


 
BMT, shuningdek, Ukraina harbiy asirlari orasida 129 kishining qatl etilgani va Rossiya hibsxonalari yoki qamoqxonalarida qiynoqlar hamda og‘ir sharoitlar oqibatida 48 kishi halok bo‘lgani haqida ma’lumot to‘plagan.


 
BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiya tomonidan hibsga olingan ukrainaliklarning ayrimlari o‘z boshidan kechirganlarini so‘zlab berdi. Ukrainalik harbiy asir Xuan Leyva Garsiya qariyb uch yarim yil davomida asirlikda bo‘lganini va kaltaklash hamda elektr toki bilan qiynoqqa solinganini aytdi. Qrim-tatar faoli Lenie Umerova esa otasini ko‘rish uchun Qrimga borishga uringanidan keyin hibsga olinganini ma’lum qildi.


 
Shu bilan birga, BMT Rossiya harbiy asirlari bilan bog‘liq holatlarni ham qayd etgan. Tashkilot bilan suhbatlashgan rossiyalik harbiy asirlarning qariyb yarmi asirga olingan dastlabki davrda Ukraina kuchlari tomonidan yomon muomalaga duch kelganini bildirgan. Biroq ular Ukraina qamoqxonalariga joylashtirilgach, muomala yaxshilangani qayd etilgan.


 
Rossiya esa BMTning ayblovlarini rad etib, ularni Ukraina va NATO davlatlarining propagandasi deb atagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.