Jahon

Rossiyada migrantlar uchun daromad solig‘ini oshirish taklif qilindi

Shuningdek, soliq to‘lamagan xorijliklarni deportatsiya qilish taklifi ham ilgari surildi.

Rossiyada migrantlar uchun daromad solig‘ini oshirish taklif qilindi

 

Rossiya Davlat Dumasi Xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Andrey Lugovoy xorijiy fuqarolar uchun daromad solig‘i stavkasini 30 foizgacha oshirishni taklif qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Deputatning ta’kidlashicha, xorijiy ishchilar Rossiyaning infratuzilmasi va tibbiy xizmatlaridan foydalanadi. Shu sababli, uning fikricha, ular tomonidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini oshirish masalasini ko‘rib chiqish lozim.

 

Lugovoy, shuningdek, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan migrantlarni Rossiyadan deportatsiya qilish choralarini qo‘llab-quvvatladi. U bunday holatlarda soliq qarzlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini bermaslikni taklif qilgan.

 

Deputat yana migrantlar yoki ularning ish beruvchilaridan avans hisobvarag‘iga mablag‘ kiritishni joriy etish tashabbusini ilgari surgan. Ushbu mablag‘lar deportatsiya, vaqtinchalik joylashtirish, sud xarajatlari va jarimalarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin.

 

Lugovoyning ta’kidlashicha, Rossiyaning migratsiya siyosati, avvalo, mamlakat manfaatlarini hisobga olishi kerak.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.