Jahon

Ukrainada farzandsiz ayollarni frontga yuborish taklif qilindi

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchisi mamlakatda harbiy xizmatga yaroqli aholi kamayib borayotganini ta’kidladi.

Ukrainada farzandsiz ayollarni frontga yuborish taklif qilindi

 

Ukraina Qurolli Kuchlarining 56-alohida motorli piyoda brigadasi harbiy xizmatchisi Sergey Gnezdilov farzandsiz ayollarni ham safarbar qilish zarurligini bildirdi. Uning fikricha, Ukrainada ayollarni harbiy xizmatga jalb qilish masalasi kelajakda muqarrar bo‘lishi mumkin.

 

Gnezdilovning ta’kidlashicha, agar ayolning farzandi bo‘lmasa, talaba bo‘lmasa yoki uni fuqarolik sohasida qolishini talab qiladigan boshqa asoslar mavjud bo‘lmasa, u frontga yuborilishi mumkin.

 

Harbiy xizmatchi, shuningdek, Ukrainada safarbarlik yoshini amaldagi 25 yoshdan 21 yoshgacha tushirish ehtimolini ham istisno qilmagan. U buni mamlakatda harbiy xizmatga yaroqli aholi soni kamayib borayotgani bilan izohlagan.

 

Ukrainada umumiy safarbarlik 2022-yil fevralida e’lon qilingan va keyinchalik bir necha bor uzaytirilgan. 2024-yil aprelida erkaklar uchun safarbarlik yoshi 27 yoshdan 25 yoshgacha tushirilgan.

 

Ayni paytda Ukrainada ayollarni erkaklar bilan teng ravishda safarbar qilish masalasi ham vaqti-vaqti bilan muhokama qilinmoqda

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ukrainada farzandsiz ayollarni frontga yuborish taklif qilindi | Zamon.uz