O'zbekiston

“Afg‘onistonga elektr energiyasi faqat ichki talab qondirilgandan keyin eksport qilinadi” — Energetika vaziri

Sherzod Xo‘jayev quyosh va shamol elektr stansiyalari yuqori quvvatda ishlagan paytda hosil bo‘ladigan ortiqcha elektr energiyasini eksport qilish orqali katta iqtisodiy samaraga erishish mumkinligini ta’kidladi.

“Afg‘onistonga elektr energiyasi faqat ichki talab qondirilgandan keyin eksport qilinadi” — Energetika vaziri

 

O‘zbekistonda elektr energiyasini Afg‘onistonga eksport qilish mamlakat ichidagi talab to‘liq qondirilgandan keyin qoladigan ortiqcha quvvat hisobidan amalga oshiriladi. Bu haqda energetika vaziri Sherzod Xo‘jayev 13-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga energetika sohasi bo‘yicha taqdimotdan so‘ng ma’lum qildi.

 

Vazirning ta’kidlashicha, quyosh va shamol elektr stansiyalari yuqori quvvatda ishlaydigan davrlarda ortiqcha elektr energiyasi hosil bo‘lishi mumkin. Ana shu ortiqcha quvvatni eksport qilish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish rejalashtirilmoqda.

 

“Afg‘onistonga eksport qilinadigan elektr energiyasi hajmi ichki talab to‘liq qondirilganidan keyin qoladigan qismi hisobidan ta’minlanadi”, — dedi Sherzod Xo‘jayev.

 

Shuningdek, vazir Surxondaryo viloyatidagi quyosh elektr stansiyalari faoliyatiga to‘xtaldi. Uning qayd etishicha, hududda hozir ishlab turgan quyosh elektr stansiyasi quvvati viloyatning mavjud talabini to‘liq qoplash imkonini beradi.

 

Shu bilan birga, Surxondaryoda yana 2–3 ta quyosh elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan. Yangi quvvatlarning ishga tushirilishi natijasida hududda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmi oshib, ichki ehtiyojdan ortgan qismini eksport qilish imkoniyati kengayadi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Afg‘onistonga elektr energiyasi faqat ichki talab qondirilgandan keyin eksport qilinadi” — Energetika vaziri | Zamon.uz