Jahon

Germaniyada jazirama oqibatida 12,5 mingga yaqin kishi vafot etdi

Eng ko‘p o‘lim 85 yosh va undan kattalar orasida qayd etilgan.

Germaniyada jazirama oqibatida 12,5 mingga yaqin kishi vafot etdi

 

Germaniyada 2026-yilda yuqori haroratning salomatlikka ta’siri oqibatida taxminan 12,5 ming kishi vafot etgani qayd etildi. Bu haqda Robert Kox instituti (RKI) hisobotiga tayanib, TASS xabar berdi.

 

RKI ma’lumotlariga ko‘ra, issiqlik bilan bog‘liq o‘limlarning eng yuqori ko‘rsatkichi Saarland va Reynland-Pfalts federal yerlarida qayd etilgan. Ushbu hududlarda har 100 ming aholiga mos ravishda 43,4 va 38,7 ta o‘lim to‘g‘ri kelgan. Germaniya bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich esa 100 ming aholiga 15 ta o‘limni tashkil etgan.

 

Jazirama issiq, ayniqsa, keksalar uchun xavfli bo‘lgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 85 yosh va undan kattalar orasida qariyb 6,3 ming kishi issiqlik oqibatida vafot etgan. Shuningdek, 75–84 yoshdagi 3,1 mingdan ortiq, 65–74 yoshdagi qariyb 1,9 ming kishining o‘limi yuqori harorat bilan bog‘langan.

 

RKI hisob-kitoblariga ko‘ra, 22–28 iyun kunlari Germaniyada jazirama issiq sababli taxminan 9,6 ming kishi vafot etgan. O‘sha davrda mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati 40 darajaga yaqinlashgan.

 

Taqqoslash uchun, RKI ma’lumotlarida 2018-yilda issiq bilan bog‘liq 9,4 ming, 2019-yilda esa 7,7 ming o‘lim qayd etilgani ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, 2026-yil bo‘yicha yakuniy ko‘rsatkichlar keyinchalik qayta hisoblanishi mumkin.

 

Institut o‘z hisob-kitoblarini Germaniya Federal statistika boshqarmasining o‘lim ma’lumotlari hamda Germaniya ob-havo xizmati ma’lumotlari asosida shakllantiradi.

 

Jazirama issiq ortidan Germaniyada sog‘liqni saqlash va parvarish muassasalarining yuqori haroratlarga tayyorgarligi masalasi ham muhokama qilinmoqda. Xususan, kasalxonalar, parvarish muassasalari va bolalar bog‘chalarini sovutish tizimlari bilan jihozlashga investitsiyalarni oshirish takliflari ilgari surilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.