O'zbekiston

Millatlar raqsi — do‘stlik va hamjihatlik timsoli

Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi doirasida yoshlar turli xalqlarning milliy raqslarini ijro etdi.

Millatlar raqsi — do‘stlik va hamjihatlik timsoli

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar oromgohida o‘tkazilayotgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi doirasida ishtirokchilar uchun o‘ziga xos madaniy dastur tashkil etildi. Tadbirning eng yorqin va unutilmas lahzalaridan biri — “Xalqlar do‘stligi” dasturi bo‘ldi.

 

 

Mazkur dasturda ishtirokchilar o‘z milliy madaniyatini emas, balki boshqa xalqlarning milliy raqslari, musiqasi va an’analarini ijro etish orqali o‘ziga xos madaniy almashinuvni namoyish etdi. Bu esa tadbirga yanada o‘zgacha ruh va mazmun bag‘ishladi.

 

 

Xususan, Toshkent viloyati jamoasi Hindiston milliy raqsini ijro etib, hind xalqining o‘ziga xos raqs harakatlari, musiqasi va milliy liboslarini sahnada namoyon etdi. Xorijiy ishtirokchilar ham ushbu tashabbusni katta qiziqish bilan kutib oldi.

 

 

Belarus Respublikasidan tashrif buyurgan yoshlar esa Turkmaniston milliy madaniyatini aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar ostida milliy liboslarda raqs ijro etib, ikki xalq madaniyatiga bo‘lgan hurmatini namoyish etdi.

 

Shuningdek, boshqa jamoalar tomonidan ham turli mamlakatlarning milliy raqslari ijro etilib, dunyoning turli xalqlariga xos san’at, urf-odat, musiqa va liboslar bir sahnada mujassamlashtirildi.

 

 

Ahamiyatlisi, mazkur tadbir oddiy raqs namoyishi bo‘lib qolmay, turli millat va elatlarni birlashtiruvchi madaniy ko‘prik vazifasini bajardi. Bir davlat vakillarining boshqa xalq madaniyatini o‘rganib, uni sahnada ijro etishi o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va do‘stlikning yorqin ifodasiga aylandi.

 

 

Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat raqs ijro etdi, balki boshqa xalqlarning madaniyati, an’analari va san’atiga bo‘lgan qiziqishini ham namoyish qildi. Turli tillarda yangragan musiqa, rang-barang milliy liboslar va jo‘shqin raqslar oromgoh hududida haqiqiy xalqaro do‘stlik muhitini yaratdi.

 

 

“Xalqlar do‘stligi” dasturi yoshlar o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash, turli xalqlar madaniyatiga hurmat ruhini oshirish hamda yosh avlod qalbida bag‘rikenglik va hamjihatlik qadriyatlarini shakllantirishga xizmat qildi.

 

 

Shu tariqa, “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi nafaqat ekologik bilim va tashabbuslar, balki xalqaro do‘stlik, madaniy almashinuv va o‘zaro hurmat bayramiga ham aylanmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.