Jahon

Misr Makka shartnomasiga qo‘shilishi mumkin

Tashqi ishlar vaziri masala huquqiy va texnik jihatdan ham ko‘rib chiqilishini bildirdi.

Misr Makka shartnomasiga qo‘shilishi mumkin

Misr Pokiston, Saudiya Arabistoni va Turkiya tomonidan imzolangan Makka mudofaa shartnomasiga qo‘shilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdul Ati ma’lum qildi.

 

Vazirning ta’kidlashicha, Qohira ushbu masalani huquqiy va texnik jihatlarini ham inobatga olgan holda har tomonlama ko‘rib chiqishi lozim.

 

“Bu masala bo‘yicha fikrlarimiz bor, biroq avvalo uni turli nuqtai nazardan, jumladan, huquqiy va texnik jihatlardan ko‘rib chiqishimiz kerak”, — degan Badr Abdul Ati.

 

Uning qayd etishicha, Misr mudofaa kelishuvi bo‘yicha barcha ishtirokchi davlatlar bilan yaqin aloqada va muntazam muvofiqlashtirishni davom ettirmoqda.

 

Makka shartnomasi 7-avgust kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif tomonidan imzolangan. Kelishuvga ko‘ra, ishtirokchi davlatlardan biriga qilingan qurolli hujum barcha tomonlarga qarshi tajovuz sifatida baholanadi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.