O'zbekiston

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

 

Namangan viloyatida o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergov organlariga yubormaslik va bank tomonidan bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga ichki ishlar xodimiga 3 ming AQSH dollari miqdorida pora taklif qilgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Davlatobod tumanida yashovchi fuqaroning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. O‘rganishlar davomida bank plastik kartasi 2002-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli ekani hamda undagi mablag‘lar boshqa tadbirkorning bank kartasiga o‘tkazilgani aniqlangan.

 

Shuningdek, MChJ rahbariga tegishli iPhone 15 Pro Max va Galaxy A34 5G rusumli telefonlar ko‘zdan kechirilgan. Qurilmalardagi Mobcash ilovasida boshqa shaxs profilining limit hisobida 40 million 615 ming so‘m, tranzaksiyalar tarixida esa 4 milliard 991 million so‘m mablag‘ aks etgani aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng, fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan materiallarni tergov organlariga yubormaslik, qonuniy chora ko‘rmaslik hamda bank tomonidan bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga IIO xodimiga 3 ming dollar berishni taklif qilgan.

 

Biroq ichki ishlar xodimi porani olishdan bosh tortgan. IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Namangan shahridagi Namangoniy ko‘chasida mayor Sultonovga 3 ming AQSH dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Holat yuzasidan 1991-yilda tug‘ilgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.