O'zbekiston

O‘zbekistonda litsenziya olmasdan 3 oy tadbirkorlik qilish mumkin bo‘ladi

Bu muddatda ular litsenziya talablarini bajarishi va tegishli hujjatni olishi yoki faoliyatini to‘xtatishi kerak.

O‘zbekistonda litsenziya olmasdan 3 oy tadbirkorlik qilish mumkin bo‘ladi

 

Tadbirkorlik faoliyatini litsenziya yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat olmasdan vaqtincha amalga oshirish imkonini beruvchi “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Mazkur rejim doirasida talabgor o‘z faoliyatini boshlashdan oldin maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali vakolatli organni bepul xabardor qilishi mumkin.

 

Bunda litsenziya yoki tegishli ruxsat beruvchi hujjatni olmasdan faoliyat yuritishga 3 oy muddatga imkon beriladi. Ushbu davr mobaynida talabgor belgilangan faoliyatni litsenziyasiz yoki ruxsat beruvchi hujjatsiz amalga oshirganligi uchun javobgarlikka tortilmaydi.

 

Maxsus rejimdan foydalangan talabgor 3 oy davomida:

  • faoliyatini litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqlashtiradi;

  • belgilangan tartibda tegishli litsenziya yoki ruxsat beruvchi hujjatni oladi yoki mazkur faoliyatni amalga oshirishni to‘xtatadi.

 

Shuningdek, qonun bilan maxfiy hujjatlarni 30 yil davomida saqlash muddati belgilandi.

 

Shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni saqlash muddatlari ham aniqlashtirildi. Unga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvargacha ish yuritilishi yakunlangan shaxsiy tarkib hujjatlari idoraviy arxivlarda 75 yil, 2019-yil 1-yanvardan keyin shakllantirilgan hujjatlar esa 50 yil davomida saqlanadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.