O'zbekiston

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi yarmida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi


 
Markaziy bankning “Jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalari” bo‘yicha 2026-yil I yarim yillik tahliliy sharhiga ko‘ra, yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 9,3 milliard dollarni tashkil etdi.


 
Hisobot davrida P2P o‘tkazmalar hajmi ham sezilarli oshib, 4,8 milliard dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 32 foizga ko‘p.


 
Markaziy bank pul o‘tkazmalari o‘sishiga mehnat muhojirlari faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda ishchi kuchiga talab va ish haqining yuqori darajada saqlanib qolgani, shuningdek, milliy valyutalarning umumiy mustahkamlangani ta’sir ko‘rsatganini qayd etdi.


 
Shu davrda O‘zbekistondan xorijga yuborilgan pul o‘tkazmalari 1,3 milliard dollarni tashkil etib, yillik hisobda 8 foizga oshgan.


 
Valyuta ayirboshlash operatsiyalarida ham o‘sish kuzatildi. 2026-yilning yanvar–iyun oylarida jismoniy shaxslar bilan bog‘liq valyuta ayirboshlash operatsiyalarining umumiy aylanmasi 19,1 milliard dollar bo‘lib, bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 31 foizga yuqori bo‘lgan.


 
Banklar hisobot davrida aholidan 12,3 milliard dollarlik xorijiy valyutani sotib olgan va 6,8 milliard dollarlik valyutani sotgan. Natijada jismoniy shaxslar tomonidan taklif qilingan valyutaning sof hajmi 5,5 milliard dollarni tashkil etgan.


 
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy shaxslar segmentidagi sof valyuta taklifining umumiy bozordagi ulushi 26 foizdan 29 foizgacha oshgan. Shuningdek, masofaviy xizmatlar va kecha-kunduz ishlaydigan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalar hajmining ortishi qayd etilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi | Zamon.uz