Jahon

“Qamchini prezident qilmoqchi edim” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti do'sti Qamchibek Tashiyev haqida gapirib berdi.

“Qamchini prezident qilmoqchi edim” — Sadir Japarov

 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qamchibek Tashiyevning 2027-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzodini ilgari surishini istagani haqida ma’lum qildi. Bu haqda u jurnalist Ali Toktakunovga bergan intervyusida aytgan.

 

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, u Tashiyev bilan 2005-yildan beri tanish va 2020-yilda hokimiyatga kelganidan so‘ng uni Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib tayinlagan. Prezident Tashiyev ushbu lavozimda besh yil davomida yaxshi faoliyat yuritganini qayd etgan.

 

Japarov Tashiyevning asosiy kamchiliklaridan biri sifatida uning yaqinlari, jumladan, qarindoshlari va tanishlari faoliyatini yetarlicha nazorat qilmaganini ko‘rsatgan.

 

“Biz do‘st bo‘lib qolamiz, lekin uni davlat xizmatiga qaytarish rejam yo‘q. Hozir u dam olishi kerak”, — degan Japarov.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, Tashiyev lavozimidan chetlatilganidan keyin o‘z xatolarini tan olgan va yaqinlariga yetarlicha nazorat o‘rnatmaganini bildirgan.

 

Japarov, shuningdek, Tashiyevni 2027-yilgi prezidentlik saylovlarida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z rejasini ilgari surganini ma’lum qilgab. Unga ko‘ra, Japarov olti yil prezidentlik qilganidan so‘ng, 2027-yilda qayta nomzodini qo‘ymaslik va Tashiyevni prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surishni rejalashtirgan.

 

“Rostini aytsam, sizga butun haqiqatni aytaman. Mening o‘z rejam bor edi: olti yil ishlab, keyin 2027-yilda lavozimga nomzodimni qo‘ymaslik. Agar Qamchi o‘sha paytgacha tayyor bo‘lganida, tinimsiz mehnat qilganida va tajriba orttirganida, men uning nomzodini qo‘yishini xohlardim. Men nomzodimni qo‘ymasdim, Qamchini prezident qilib, nafaqaga chiqardim. Bu mening o‘z rejam edi”, — degan Japarov.

 

U Tashiyevga bu rejasini taxminan ikki yil avval aytganini ham bildirgan. Biroq keyinchalik Tashiyev prezidentlikka tayyor emasligini ko‘rganini ta’kidlagan.

 

Japarov Tashiyevning lavozimidan ozod etilishi parlament va jamiyatda tarafkashlik kuchayishi hamda mamlakat aholisini bo‘linish xavfi bilan bog‘liq bo‘lganini aytgan.

 

Shuningdek, prezident Tashiyevning kelgusida davlat xizmatiga qaytishi rejalashtirilmaganini bildirgan. Tashievga nisbatan sud jarayonlari bo‘yicha esa Japarov sud qaroriga aralashmasligini va apellyatsiya natijasini kutish kerakligini ta’kidlagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Qamchini prezident qilmoqchi edim” — Sadir Japarov | Zamon.uz