Jahon

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha 70 kishi so'roq qilinadi

Apellyatsiya sud majlisi 17-avgust kuni bo'lib o'tadi.

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha 70 kishi so'roq qilinadi

 

Qirg‘izistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni talab qilgan 70 nafar siyosatchi va jamoat arbobi davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha apellyatsiya sudida guvoh sifatida so‘roq qilinadi. Bu haqda sobiq parlament spikeri Nurlanbek Turg‘unbek uuluni himoya qilayotgan advokat Latypbek Nuralimov ma’lum qildi.

 

2026-yil fevral oyida 75 nafar siyosiy va jamoat arbobi konstitutsiyadagi o‘zgarishlar sabab muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni talab qilgan petitsiyani imzolagan. Keyinchalik ulardan sakkiz nafari, jumladan, petitsiyani imzolagan besh kishi davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan.

 

Himoya tomoni qolgan 70 nafar imzo chekuvchiga ham huquqiy baho berilmaganini ta’kidlab, ularni sudga chaqirishni so‘ragan. Sud mazkur iltimosnomani asosli deb topib, ularning keyingi majlisda ishtirokini ta’minlashga qaror qilgan.

 

2-iyul kuni Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi Nurlanbek Turg‘unbek uulu, Qamchibek Tashiyev, sobiq bosh prokuror Qurmankul Zulushev va yana besh kishini hokimiyatni egallab olishga urinishda aybdor deb topib, ularga uch yillik sinov muddati bilan to‘rt yil qamoq jazosi tayinlagan edi. Tomonlar sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyatlarini bergan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.