Jahon

Qozog‘istonda 6254 ta maktab terroristik tahdidlarga moyil deb topildi

Ular videokuzatuv, vahima tugmalari, kirishni nazorat qilish tizimlari va litsenziyalangan qo‘riqlash xizmati bilan ta’minlangan.

Qozog‘istonda 6254 ta maktab terroristik tahdidlarga moyil deb topildi

 

Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan 8028 ta maktabdan 6254 tasi terroristik tahdidlar nuqtayi nazaridan zaif obyekt sifatida tasniflangan. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur toifadagi barcha maktablar terrorizmga qarshi xavfsizlik bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan.

 

Xususan, ta’lim muassasalarida ichki ishlar organlarining tezkor boshqaruv markazlariga ulangan videokuzatuv kameralari, vahima tugmalari, kirishni nazorat qilish va boshqarish tizimlari mavjud. Shuningdek, obyektlarda litsenziyaga ega qo‘riqlash xizmatlari tashkil etilgan.

 

2025-yil oxirida Qozog‘iston Ta’lim vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda mamlakatdagi barcha maktablarning terrorizmga qarshi himoya talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida audit o‘tkazgan.

 

Tegishli ma’lumotlarga ko‘ra, terroristik tahdidlarga zaif obyekt sifatida tasniflangan barcha 6254 ta maktab belgilangan xavfsizlik talablariga javob beradi.

 

Bundan tashqari, maktablarda xodimlar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirokida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha muntazam o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bunday treninglar kamida har olti oyda ikki marta tashkil etilishi belgilangan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.