O'zbekiston

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

 

Samarqand viloyatidagi hududiy elektr tarmoqlarini boshqarish Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasiga beriladi. Bu haqda 13-avgust kuni Prezidentga yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan taqdim etilgan axborotda ma’lum qilindi.

 

Energetika vaziri Sherzod Xo‘jayevning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish bo‘yicha xalqaro tender o‘tkazilgan. Unda Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi g‘olib deb topilgan.

 

Loyiha doirasida kompaniya Samarqand viloyatidagi mavjud elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish bilan birga, yangi tarmoqlarni qurish, mavjud infratuzilmani rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshiradi.

 

Shuningdek, Samarqand hududiy elektr tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan barcha ishchi-xodimlar kompaniya tizimida ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Vazir ma’lumotiga ko‘ra, xorijdan atigi 10–15 nafar mutaxassis jalb qilinadi, qolgan ishlar mahalliy mutaxassislar tomonidan bajariladi.

 

Loyihada mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, Turkiya kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyati davomida tarmoqlarni qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun zarur mahsulotlarning kamida 90 foizini ichki bozordan xarid qilishi ko‘zda tutilgan.

 

Prezident Samarqanddagi ushbu tajribadan kelib chiqib, kelgusida elektr taqsimlash tarmoqlarini boshqarishda shunday yondashuvni boshqa hududlarda ham joriy etish bo‘yicha topshiriq bergan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi | Zamon.uz