O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

 

Yangi qonun bilan Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, vakolatlari, vazifalari hamda davlat organlari bilan munosabatlari qonun darajasida tartibga solindi.

 

Qonunga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi davlat organi sifatida Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydi. Administratsiyani Prezident shakllantiradi, u Prezident belgilagan ustuvor yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi hamda Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor hisoblanadi.

 

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan. Jumladan, Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish va nazorat qilish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlanishiga oid yangi tashabbuslarni ishlab chiqish nazarda tutilgan.

 

Shuningdek, Administratsiya aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish, ularning muammolariga yechimlar ishlab chiqish, qonunlarni Prezident imzosiga yoki qaytarishga tayyorlash, Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasini tashkil etish kabi vazifalarni ham amalga oshiradi.

 

Qonun bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, mansabdor hamda boshqaruv xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etish tartiblariga oid normalar ham belgilandi. Shuningdek, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari yaratildi.

 

Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati hamda sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.

 

Bundan tashqari, Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va Prezidentga kiritadi.

 

Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini mustahkamlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi va hisobdorligini oshirishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.