O'zbekiston

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

 

Ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik tashkilotlar targ‘ibotiga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi sud hukmi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 1995-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro 2017-yilda Janubiy Koreyadagi nufuzli universitetlardan biriga o‘qishga kirgan. Xorijda tahsil olish davrida u ijtimoiy tarmoqlar orqali “jihod”, “hijrat” va “shahidlik” kabi tushunchalarni targ‘ib qiluvchi shaxslarning audio va videoma’ruzalari bilan tanishgan.

 

Shuningdek, Suriyadagi qurolli to‘qnashuvlar aks etgan videomateriallarni muntazam ko‘rishi natijasida uning ongiga aqidaparastlik g‘oyalari singdirilgan.

 

Shundan so‘ng fuqaro Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlari orqali Suriya hududida faoliyat yuritgan “Tavhid va jihod katibasi” hamda “G‘uroba katibasi” kabi terroristik tashkilotlarga aloqador shaxslar bilan muloqot o‘rnatgan. Ularning g‘oyalarini aks ettiruvchi materiallarni tarqatishda ishtirok etgan.

 

Universitetni tamomlaganidan keyin ham Janubiy Koreyada qolgan fuqaro “G‘uroba katibasi” terroristik tashkilotining media blogeri sifatida faoliyat yuritgan “Saad Muxtor”ning internet orqali amalga oshirgan targ‘ibot va aldovlariga ishongan. Natijada unga pul mablag‘larini yuborgan.

 

2023-yil dekabr oyida fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelgan. Biroq shundan keyin ham terroristik tashkilotlar bilan bog‘liq rejalaridan voz kechmagan.

 

2024-yil iyul oyida u Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Turkiyaga borgan. Biroq uning ushbu rejasi amalga oshmagan va u ortga qaytgan.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqaroning mazkur faoliyati aniqlanib, u qo‘lga olingan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 244¹, 244², 155² va 155³-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

 

Unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.