Jahon

“Hormuz bo‘g‘ozi Eronniki bo‘lib qoladi” — Eron

Eron Donald Trampning Hormuz bo‘g‘ozini AQSH hududi deb e’lon qilish haqidagi bayonotiga javob berdi

“Hormuz bo‘g‘ozi Eronniki bo‘lib qoladi” — Eron

 

Eron AQSH prezidenti Donald Trampning Hormuz bo‘g‘ozini kelgusida “AQSH hududi” deb e’lon qilish haqidagi bayonotiga keskin munosabat bildirdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

 

Tramp 15-avgust kuni Nyu-Yorkda so‘zlagan nutqida AQSH Eron ustidan “g‘alabani yakunlagach”, Hormuz bo‘g‘ozini AQSH hududi deb e’lon qilishini aytgan. U, shuningdek, AQSH kuchlari bo‘g‘ozda blokada o‘rnatganini va Vashington xohlamasa, u yerdan hech bir kema o‘ta olmasligini ta’kidlagan.

 

Tehron esa bu bayonotni rad etdi. Eron tashqi ishlar vazirining huquqiy va xalqaro masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kozem G‘aribobodiy Hormuz bo‘g‘ozi Eron bo‘g‘ozi bo‘lganini, hozir ham shunday ekanini va kelgusida ham shunday bo‘lib qolishini bildirgan.

 

Uning ta’kidlashicha, Eron AQSHning tahdidlariga va kuch namoyishiga yon bermaydi. G‘aribobodiy, shuningdek, Vashington Eronning mag‘lubiyati haqidagi qarashlaridan voz kechishi kerakligini ta’kidlagan.

 

Hormuz bo‘g‘ozi Fors ko‘rfazini Ummon ko‘rfazi va Arab dengizi bilan bog‘laydigan strategik suv yo‘li hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish orqali jahon dengiz neft tashuvlarining qariyb chorak qismi o‘tadi. Shu sababli bo‘g‘oz ustidan nazorat masalasi xalqaro energetika bozori uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.