Jahon

Ispaniyada quyosh tutilishini kuzatgan 500 dan ortiq kishi shifokorga murojaat qildi

Fuqarolar bosh aylanishi, holsizlik, yengil jarohatlar va ko‘zlardagi noqulayliklardan shikoyat qilgan.

Ispaniyada quyosh tutilishini kuzatgan 500 dan ortiq kishi shifokorga murojaat qildi

 

Ispaniyada 12-avgust kuni kuzatilgan quyosh tutilishidan so‘ng 511 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan. Bu haqda El Mundo nashri ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolarning aksariyati bosh aylanishi, holsizlik, xavotir, yengil jarohatlar va ko‘zlardagi noqulayliklar yuzasidan murojaat qilgan. Aksariyat holatlarda bemorlarni shifoxonaga yotqizish talab etilmagan.

 

Hududlar kesimida eng ko‘p murojaatlar Kataloniyada — 115 ta, Madridda — 101 ta, Basklar mamlakatida — 58 ta, Andalusiyada — 44 ta, Mursiyada — 32 ta va Aragonda — 30 ta qayd etilgan. Umuman, 17 ta avtonom hamjamiyatda tibbiy murojaatlar kuzatilgan.

 

Shifokorlar quyosh tutilishini maxsus himoya vositalarisiz kuzatish ko‘z salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Mutaxassislarning qayd etishicha, ko‘z shikastlanishining ayrim belgilari darhol emas, balki bir necha soat yoki hatto kun o‘tib namoyon bo‘lishi mumkin.

 

Tutilish arafasida maxsus himoya ko‘zoynaklariga talab sezilarli darajada oshgan. Ayrim fuqarolar esa hodisani kuzatish uchun uy sharoitida tayyorlangan qurilmalar, payvandlash niqoblari va boshqa vositalardan foydalangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.