O'zbekiston

O‘zbek boksining afsonasi Rufat Risqiyev vafot etdi

U o‘zbek boksida jahon chempionligi va Olimpiya medali sohibi bo‘lgan ilk bokschi sifatida tarixda qolgan.

O‘zbek boksining afsonasi Rufat Risqiyev vafot etdi

O‘zbekiston sporti og‘ir judolikka uchradi. Afsonaviy bokschi, 1974-yilgi jahon chempioni va 1976-yilgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi.

 

Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot kotibi Zafar Imomxo‘jayev ma’lum qildi.

 

Rufat Risqiyev o‘zbek boksining rivojiga katta hissa qo‘shgan sportchilardan biri bo‘lib, faoliyati davomida “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan shuhrat qozongan. U Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarida sovrindor bo‘lgan ilk o‘zbek bokschisi sifatida tarixda qolgan.

 

U 1974-yilda jahon chempioni bo‘lgan, 1976-yilgi Monreal Olimpiya o‘yinlarida esa kumush medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, AQSH, Kuba, Avstriya, sobiq Yugoslaviya va Ispaniyada o‘tkazilgan qator nufuzli xalqaro turnirlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

 

Sportchilik faoliyatidan so‘ng ham Rufat Risqiyev o‘zbek boksiga xizmat qilishda davom etdi. U Markaziy Osiyodagi ilk xalqaro toifadagi professional boks hakami sifatida ham faoliyat yuritgan.

 

Rufat Risqiyev mamlakat sporti oldidagi xizmatlari uchun “Hurmat Belgisi”, “Buyuk xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.

 

2016-yilda sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar sababli Toshkent shahridagi 16-shifoxonada unga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.