O'zbekiston

O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashi mumkin

Shuningdek, chegaradagi navbatlarni qisqartirish, elektron vizalarni joriy etish va yuk tashuvlarini jadallashtirish masalalri ko'rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashi mumkin

 

13-avgust kuni O‘zbekiston va Turkmaniston vakillari o‘rtasida ikki davlatning transport-logistika sohasidagi hamkorligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston transport-logistika sohasi vakillari hamda Turkmanistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Shadurdi Meredov ishtirok etdi.

 

Muzokaralar davomida, xususan, haydovchilar uchun vizalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, to‘lovlarni optimallashtirish, Farap–Olot chegara o‘tish punktidagi jarayonlarni takomillashtirish, shuningdek, navbatlar va kutish vaqtlarini qisqartirish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, tez buziladigan mahsulotlarni tashish uchun alohida koridor tashkil etish, neytral hududda ikkinchi ko‘prik qurish hamda Turkmanboshi porti orqali avtomobil va temir yo‘l tashuvlarini jadallashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

Tomonlar vazn-gabarit cheklovlarini qayta ko‘rib chiqish masalasini ham ko‘rib chiqdi. Muzokaralarda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

 

Turkman tomoni bildirilgan takliflarni ko‘rib chiqish va ularni tegishli davlat organlariga yetkazishga tayyorligini ma’lum qildi.

 

Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasidagi transport-logistika aloqalarini yanada rivojlantirish hamda tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.