O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda yana bir “qochoq ota” ushlandi

Qarzdor zapravka hududida xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan avtomashinada voqea joyidan qochishga uringan.

Qoraqalpog‘istonda yana bir “qochoq ota” ushlandi

Qoraqalpog‘istonda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan ota zapravkada qo‘lga tushib, xodimlardan qochishga urindi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishia, MIB Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudning ijro hujjatiga asosan undiruvchi S.Sh. foydasiga tarbiyasidagi uch nafar farzandlarining taʼminoti uchun qarzdor M.X. dan aliment undirish belgilangan.

 

Qarzdor tomonidan aliment pullari har oy o‘z vaqtida to‘lab kelinmaganligi sababli, ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida, qarzdorning yashash manziliga bir necha marotaba borilganida, qarzdor ushbu manzilda yo‘qligi aniqlangan.

 

Shu sababli, unga nisbatan Byuroning Amudaryo tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan.

 

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv shuʼbasi va Ichki ishlar xodimlari birgalikda joriy yilning 13 avgust kuni o‘tkazilgan tadbirda, qarzdor Nukus shahridagi avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shoxobchasida yurganligi aniqlangan.

 

Bundan tashqari, qarzdor xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan avtomashinada voqea joyidan qochishga ulgurgan. Biroq, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qarzdor Amudaryo tumani hududida qo‘lga olingan.

 

Hozirda qarzdorning aliment to‘lovlaridan 85,4 mln so‘m qarzi mavjud bo‘lib, uning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda yana bir “qochoq ota” ushlandi | Zamon.uz