Jahon

Rossiya yozda Ukrainaning 19 ta aholi punktini egallaganini bildirdi

Mudofaa vazirligi Dnipropetrovsk va Zaporijjya viloyatlaridagi aholi punktlari egallanganini ma’lum qilgan.

Rossiya yozda Ukrainaning 19 ta aholi punktini egallaganini bildirdi


 
Rossiya qo‘shinlari 2026-yil yozidagi harbiy kampaniya davomida Ukrainaning janubi-sharqidagi 19 ta aholi punktini nazoratiga olgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi 15-avgust kuni ma’lum qildi.


 
Vazirlik bayonotida aytilishicha, aholi punktlari Dnipropetrovsk va Zaporijjya viloyatlarida joylashgan. Biroq Rossiya tomoni egallangan aholi punktlarining nomlarini ochiqlamagan. Rossiya Mudofaa vazirligi bu ma’lumotni Sharqiy qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni Pyotr Bolgarevning hisobotiga asoslagan.


 
Bundan tashqari, Rossiya kuchlari Zaporijjya viloyatidagi Ribalskoye aholi punktini yaqinda nazoratiga olgani haqida ham ma’lumot berildi. Bu xabarni Rossiyaning Interfaks agentligi tarqatgan.


 
Rossiya frontdagi ilgarilashlari haqida bayonot berayotgan bir paytda, Ukraina ham janubi-sharqiy frontda hududlarni qaytarib olayotganini bildirgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 12-avgust kuni yil boshidan buyon mamlakat qurolli kuchlari 745 kvadrat kilometr hududni Rossiya nazoratidan qaytarganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Dnipropetrovsk, Donetsk va Zaporijjya viloyatlari tutashgan hududdagi 26 ta aholi punkti Ukraina nazoratiga qaytarilgan.
 


Mustaqil ochiq manbalar asosida jang maydonidagi vaziyatni kuzatuvchi DeepState ham Ukraina kuchlari 19 ta aholi punkti ustidan nazoratni tiklagani va yana olti hududda Rossiya qo‘shinlarini ortga surganini bildirgan.


 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining frontdagi umumiy ilgarilashi 2026-yilda avvalgi davrlarga nisbatan sekinlashgan. Shu bilan birga, Moskva Ukraina poytaxti Kiyev va boshqa shaharlarga ballistik raketa zarbalarini ham kuchaytirgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.