O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Rufat Risqiyevning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

“Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan tanilgan afsonaviy bokschi 76 yoshda vafot etdi.

Shavkat Mirziyoyev Rufat Risqiyevning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

 

O‘zbek boks maktabining atoqli namoyandasi, jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, mashhur sportchi va murabbiy Rufat Asadovich Risqiyev 15-avgust kuni 76 yoshida vafot etdi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rufat Risqiyevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

 

Rufat Risqiyev 1949-yil 2-oktyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U yoshligidan boks bilan shug‘ullanib, qisqa vaqt ichida yuksak mahorat va irodaga ega sportchi sifatida tanilgan.

 

U 1974-yilgi jahon chempioni, 1976-yilda Monreal shahrida o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sohibi, sobiq Ittifoqning to‘rt karra chempioni bo‘lgan. Sportdagi yorqin faoliyati tufayli u xalq orasida “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan mashhur bo‘lgan.

 

Rufat Risqiyev Markaziy Osiyo mamlakatlarida birinchi xalqaro professional boks hakami sifatida ham faoliyat yuritgan. Keyingi yillarda murabbiy va hakam sifatida o‘zbek boks maktabining rivojiga katta hissa qo‘shgan.

 

Uning mamlakat sportini rivojlantirishdagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlanib, “El-yurt hurmati” va “Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan.

 

Rufat Risqiyevning o‘zbek sporti, xususan, boks rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, yosh avlod tarbiyasidagi xizmatlari va yorqin xotirasi xalqimiz qalbida hamisha saqlanib qoladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.