O'zbekiston

Toshkentda fuqaro MIB orqali quruvchiga to‘lagan pulini qaytarib oldi

Natijada uyni o‘z vaqtida topshirmagan quruvchidan 323 mln so‘mdan ortiq mablag‘ fuqaro foydasiga undirildi.

Toshkentda fuqaro MIB orqali quruvchiga to‘lagan pulini qaytarib oldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2026 yil 10 iyundagi ijro varaqasiga asosan qarzdor quruvchi tashkilotdan undiruvchi fuqaro B.V. foydasiga jami 323 391 000 so‘m pul mablag‘ini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limi ish yurituviga 2026 yil 11 iyun kuni kelib tushgan.

 

Mazkur mablag‘ fuqaro B.V. tomonidan qurilish tashkilotiga uy-joy sotib olish maqsadida boshlang‘ich to‘lov sifatida amalga oshirilgan bo‘lib, qurilish tashkiloti tomonidan uy belgilangan muddatda topshirilmaganligi sababli sud qaroriga asosan fuqaro foydasiga undirilishi belgilangan.

 

Davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga ixtiyoriy muddatda qarzdorlikni to‘lash haqida tegishli talabnoma yuborilgan.

 

Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik ixtiyoriy ravishda qoplanmaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

 

Byuroning tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdordan 323 391 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq undirilib, fuqaro B.V.ning tegishli hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

 

Qarzdorlik to‘liq qoplanganligi munosabati bilan mazkur ijro ishi O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda fuqaro MIB orqali quruvchiga to‘lagan pulini qaytarib oldi | Zamon.uz