Jahon

Turkiyada yozgi mavsumning eng mashhur milliy taomlari ma’lum qilindi

Sovuq sho‘rvalar, zaytun moyida tayyorlangan sabzavotli taomlar, turli salatlar va mashhur Marash muzqaymog‘i yozgi dasturxonning asosiy ta’mlaridan bo‘lmoqda.

Turkiyada yozgi mavsumning eng mashhur milliy taomlari ma’lum qilindi

Turkiyada gastronomik turizmga qiziqish ortib, mahalliy va an’anaviy taomlar sayyohlar uchun mamlakatga tashrif buyurishning muhim sabablaridan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, yoz oylarida yengil va tetiklantiruvchi milliy taomlarga talab yuqori.

 

Tadqiqotlarga ko‘ra, bu yozda sayohat va turizm 79 foiz ko‘rsatkich bilan hordiq chiqarishning eng ommabop yo‘nalishi bo‘lgan. Taomlar bilan bog‘liq mashg‘ulotlar 70 foiz, ochiq havodagi faoliyatlar esa 69 foizni tashkil etgan.

 

 

Turkiyaning yozgi dasturxonida yangi sabzavot va mevalar, zaytun moyi, xushbo‘y ko‘katlar hamda dengiz mahsulotlari muhim o‘rin tutadi. Sovuq sho‘rvalar, zaytun moyida tayyorlangan sabzavotli taomlar, salatlar va uy ichimliklari issiq kunlarda ayniqsa mashhur.

 

Sharqiy Onado‘liga xos “ayran ashi” qatiq, no‘xat va bug‘doydan tayyorlanadigan sovuq sho‘rva bo‘lib, yozda iste’mol qilinadigan an’anaviy taomlardan biri hisoblanadi. Ushbu taomni mamlakatning yirik shaharlaridagi an’anaviy oshxonalarda ham uchratish mumkin.

 

 

Egey mintaqasida esa zaytun moyida tayyorlanadigan yashil loviya, qovoqcha, artishok hamda mahalliy ko‘katlardan tayyorlangan taomlar keng tarqalgan. Dolma, sarma, cho‘pon salati, kisir, mujver va merjimek ko‘ftesi ham yozgi dasturxonning mashhur taomlari qatoridan joy olgan.

 

Turkiyada uy taomlarini tatib ko‘rish uchun “esnaf lokantaları” ham sayyohlar orasida mashhur. Ushbu oshxonalarda har kuni yangi tayyorlanadigan, oilaviy retseptlarni eslatuvchi taomlar nisbatan hamyonbop narxlarda taklif etiladi.

 

 

Yozgi mavsumning mashhur desertlaridan biri esa Marash muzqaymog‘i hisoblanadi. Echki sutidan tayyorlanadigan ushbu muzqaymoq quyuq va cho‘ziluvchan tuzilishi, shuningdek, sekin erishi bilan ajralib turadi.

 

Mutaxassislar va turizm sohasi vakillarining ta’kidlashicha, Turkiyaning gastronomik merosi mamlakatning dengiz bo‘yi kurortlari, qadimiy shaharlari va tog‘li hududlariga sayohatni yanada jozibador qilmoqda.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.