DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi
Bahslar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

Yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqasi bu yil oltinchi bor mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.
Musobaqalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol, qizlar o‘rtasida esa mini-futbol yo‘nalishlarida uch bosqichda tashkil etilmoqda.
Toshkent shahrida ishtirokchi jamoalar vakillari, tashkilotchilar va futbol mutasaddilari ishtirokida musobaqaning Respublika bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, jamoalar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘zaro bahs olib boradi.
Musobaqaning final uchrashuvi 22-avgust kuni “JAR” stadionida bo‘lib o‘tadi.








