Jahon

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an


 
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida Isroilni Yaqin Sharqdagi urushlarning “asosiy harakatlantiruvchi kuchi va ishtirokchisi” deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Isroil uzoq vaqt davomida harbiy yo‘lni ustun qo‘yib kelgan va buning oqibatida mintaqadagi boshqa davlatlar katta xarajatlarga duch kelgan.


 Erdo‘g‘an Turkiyaga tinchlik emas, urush maqsadida hujum qilinadigan bo‘lsa, mamlakati jang qilishdan ikkilanmasligini aytgan.


 
Turkiya prezidenti, shuningdek, Isroilning G‘azo va Livandagi hujumlarini tanqid qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tomonidan bu hududlarda tajovuzkor yondashuv davom ettirilmoqda. Erdo‘g‘an G‘azodagi vaziyat haqida gapirar ekan, HAMASning “samimiy birdamlik” namoyish etganini, biroq Isroil tomonidan ijobiy yondashuv kuzatilmayotganini bildirgan.


 
Intervyuda Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi masalasi ham tilga olingan. Erdo‘g‘an Yevropa 53 yildan beri Turkiyani qabul qilmaganini aytib, Yevropa Ittifoqiga a’zolik endilikda Anqaraning ustuvor vazifasi emasligini ta’kidlagan.


 
Turkiya prezidenti, shuningdek, Makka kelishuvi doirasidagi Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasidagi o‘zaro mudofaa kelishuvi haqida gapirib, uni NATO shartnomasining 5-moddasiga o‘xshash mexanizm sifatida baholagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.