O'zbekiston

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Odil sudlov – 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risidagi Farmon qabul qilindi.

 

Mazkur hujjat sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sud hokimiyatining mustaqilligi va samaradorligini mustahkamlashga qaratilgan.

 

Strategiyada sud tizimini aholiga yanada yaqinlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, 2027–2030-yillar davomida respublikaning barcha tuman va shaharlarida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarni bosqichma-bosqich tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi Feruza Jo‘rayevaning ta’kidlashicha, mazkur tashabbus fuqarolarning sud himoyasidan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

 

“Bu, avvalo, chekka hududlarda yashovchi fuqarolarning sud himoyasiga erishishini kengaytirish hamda odil sudlovni aholiga yanada yaqinlashtirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi”, — deya qayd etdi sudya.

 

Yangi yondashuv fuqarolarning o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish, sud xizmatlaridan foydalanishni qulaylashtirish va odil sudlovning aholiga yaqinligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.